|
|
32.
|
Boltayutar
Bearded
Vulture (Lammergeier)
Gypaetus
barbatus (Linnaeus, 1758)
ssp.
hemahalanus (Hutton, 1838)
|
|
Maqomi. 2:
Afro-janubiy Palearktika turining zaif, tabiatan kamyob, o`troq, lokal
tarqalgan Turkiston-Markaziy Osiyo kenja turi.
Tarqalishi. G`arbiy Tyonshon, Rarbiy
Pomir-Oloy (uyalash); Qizilqum cho`li (ko`chish). O`zbekistondan tashqarida:
O`rta va Markaziy Osiyoning tog` hududlari. Turkmaniston, G`arbiy Osiyo,
Janubiy Yevropa, Afrikada - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari. Tog`larning
o`rta va yuqori (d.s.6. 1000-4300 m) qismlari (uyalash), tekisliklar
(ko`chish).
Soni. 50-70 jufti uyalaydi
(Ko`hitang t. -
5-6; Bobotog` t. - 5; Hisor t. - 15-20;
Zarafshon, Turkiston, Nurota, Chotqol t. - 5-6 juftdan; Qurama,
Piskom, Ugom t. -
2-3 juftdan); jami poloponlari bilan birga - 200
ta.
Yashash tarzi. Qoyalarda
in quradi; dekabr-fevralda 1-2-ta tuxum qo`yadi va 55-60 kun bosib yotadi;
poloponlari may-iyunda ucha boshlaydi; ko`chishi nomuntazam. O`laksalar,
ko`pincha tuyoqlilar suyaklari, ba'zan mayda qushlar va kemiruvchilar bilan
oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Yovvoyi
tuyoqlilar sonining kamayib ketishi.
Ko`paytirish. Dunyo
hayvonot bog`larida ko`paytiriladi.
Muhofaza choralari. Ovlash
taqiqlangan. Tog` qo`riqxonalari va milliy bog`larda muhofaza ostiga olingan.
SITESning II-Ilovasiga
kiritilgan.
|
|
|
|
|
33.
|
Oq boshli qumoy
Griffon
Vulture
Gyps
fulvus Hablizl, 1783
ssp.
fulvus Hablizl, 1783
|
|
Maqomi. 3:
Janubiy Palearktika turining zaifga yaqin, o`troq, mozaik tarqalgan g`arbiy
kenja turi.
Tarqalishi. G`arbiy Tyonshon,
G`arbiy Pomir-Oloy (uyalash); ko`chib yurishi - deyarli barcha joylarda.
O`zbekistondan tashqarida: Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, G`arbiy, O`rta va Markaziy Osiyo. Hindiston va G`arbiy Pokistonda - boshqa
kenja turi.
Yashash joylari. Tog`larning
etak va o`rta (d.s.b. 700-2500 m) qismlari (uyalash); tog` va tekisliklar,
jumladan haydaladigan yerlar (ko`chish).
Soni. 1980-yillarda
taxminan 140 jufti qayd etilgan (Nurota t. - 45-70; Oqtov t. - 6-8, Turkiston
t. - 20, Chotqol t. -7, Hisor t.-29 jufti va 40-58-ta yakka zoti); jami
poloponlari bilan - bir necha yuztagacha. Soni asta-sekin kamayib bormoqda.
Yashash tarzi. Tik
qoyalarda guruh yoki koloniya (2-20 juft) bo`lib uyalaydi. Fevral-martda 1 ta
tuxum qo`yadi va 53 kun bosib yotadi. Poloponlari avgustdan ucha boshlaydi.
Nomuntazam ko`chib turadi. Tuyoqlilar o`laksasi bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Yovvoyi
tuyoqlilar sonining kamayib ketishi, brakonerlik.
Ko`paytirish. Dunyo
hayvonot bog`larida ko`paytiriladi.
Muhofaza choralari. Ovlash
taqiqlangan. Tog` qo`riqxonalari va milliy bog`larda muhofaza ostiga olingan.
SITESning II-Ilovasiga kiritilgan.
|
|
|
|
|
34.
|
Tasqara
Cinereous (Eurasian) Black
Vulture
Aegypius monchus (Linnaeus, 1766)
|
|
Maqomi. 3:
Zaifga yaqin, o`troq, mozaik tarqalgan janubiy Palearktika turi. TMXI Qizil
ro`yxatiga kiritilgan.
Tarqalishi. G`arbiy Tyonshon,
G`arbiy Pomir-Oloy, Bo`kantov, Tomditov qoldiq tog`lari. O`zbekistondan
tashqarida: Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, G`arbiy,
O`rta va Markaziy Osiyo, Hindiston.
Yashash joylari. Tog`larning
etak va o`rta (d.s.b. 500-2500 m) qismlari (uyalash); tog` va tekisliklar, shu
jumladan haydaladigan yerlar ham (ko`chish).
Soni. 1980-yillarda 80
yaqin jufti (Nurota t. — 40-50; Bo`kantov — 5-6, Boysuntov — 1, Turkiston t. —
6, Chotqol t. — 10-13), Hisor t. — 75-80 yakka zoti uyalashi qayd etilgan.
Hozirda soni asta-sekin kamayib bormokda.
Yashash tarzi. Daraxtlar,
butalar (alohida juft bo`lib) va qoyalarda (koloniya bo`lib) uyalaydi.
Fevral-aprelda 1 ta tuxum qo`yadi va 54-56 kun bosib yotadi. Poloponlari
iyul-sentabrdan ucha boshlaydi. Nomuntazam ko`chib turadi. Tuyoqlilar o`laksasi,
ba'zan esa toshbaqalar bilan ozirlanadi.
Cheklovchi omillar. Yovvoyi
tuyoqlilar sonining kamayishi, brakonerlik.
Ko`paytirish.
Dunyo hayvonot bog`larida ko`paytiriladi.
Muhofaza choralari. Ovlash
taqiqlangan. Tog` qo`riqxonalari va milliy bog`larda muhofaza ostiga olingan.
SITESning II-Ilovasiga
kiritilgan.
|
|
|
|
|
35.
|
Ilonburgut
Short-toed
(Snake) Eagle
Circaetus gallicus
(S.G. Gmelin. 1788)
ssp. heptneri
Dementiev, 1932
|
|
Maqomi. 2: G`arbiy
Palearktik - Afrotropik turning zaif, qisqarib borayotgan, ko`chmanchi
Turon kenja turi.
Tarqalishi. Baland tog` va haydaladigan
yerlarda uyalamasligini hisobga olmaganda, deyarli hamma joyda
tarqalgan. O`zbekistondan tashqarida: O`rta Osiye va Qozog`iston, Mug`uliston
(uyalash); Eron, Pokiston, Hindiston
(qishlash), Yevropa, Afrika, G`arbiy
Osiyo, Shimoliy Hindistonda - boshqa kenja turlari.
Yashash
joylari. Qumloq cho`llar, to`qayzorlar, qoldiq
tog`lar, tog`larning cho`llashgan etaklari va d.s-6-
2500 metrgacha
bo`lgan o`rta qismlari.
Soni. 1970-1980 yy. 20-taga
yaqin uyalovchi jufti qayd etilgan (Markaziy Qizilqum — 8, Orol-Payg`ambar
— 1, Amudaryoning quyi qismi - 2, Nurota t. — 2, Chotqol
t. - 4-5; uyalashda — 50 tagacha juftsizi); jami, taxminan, 30-40 tagacha
uyalovchi jufti bo`lgan. Hozirda soni keskin kamayib
ketgan.
Yashash tarzi. Bahorgi uchib o`tishi — mart-aprelda. Daraxtlar,
butalar, jarliklar va qoyalarga in quradi. Aprel-mayda (1, ba'zan 2) tuxum
qo`yadi va 35-47 kun bosib yotadi, Poloponlari avgust-sentabrdan ucha
boshlaydi. Kuzgi uchib o`tish davri - sentabr-oktabrda. Kaltakesaklar va
ilonlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Qo`riq yerlarning o`zlashtirilishi.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan. Hayvonot bog`larida saqlanadi.
Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Qo`riqxonalar va milliy
bog`larda muhofaza ostiga olingan. SITESning 11-Ilovasiga kiritilgan.
|
|
|
|
|
36.
|
Cho`l
bo`ktargisi
Pallid
Harrier
Circus macrourus (S.G. Gmelm, 1771)
|
|
Maqomi. 3: Zaifga yaqin, ko`chmanchi
G`arbiy Palearktika turi. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan.
Tarqalishi. Qizilqum, Amudaryo,
Sirdaryo, Zarafshon, Surxondaryo d. vohalari. O`zbekistondan tashqarida:
Qozog`iston, Sharqiy Yevropa, G`arbiy Sibir, Kavkaz, Kavkazorti, Shimoliy Eron
(uyalash), Afrika, Iroq, Janubiy Eron, Hindiston, Pokiston (qishlash).
Yashash
joylari. Tekisliklar.
Soni. 1970-1980 yy. uchrashi
odatiy edi, ayrim joylarda ko`p bo`lgan; hozirda uchib o`tishi davrida yakka va
mayda guruh bo`lib bir necha yuztasi uchraydi.
Yashash tarzi.
Bahorgi
uchib o`tishi — mart-may, kuzgisi — avgust-oktabrda. Mayda qushlar, kemiruvchilar,
kaltakesaklar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi
omillar. Cho`l
va yarim cho`l zonalaridagi qo`riq yerlarning o`zlashtirilishi.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan. Hayvonot
bog`larida saqlanadi.
Muhofaza
choralari. Ovlash
taqiqlangan. SITESning Ilovasiga kiritilgan.
|
|
|
|
|
37.
|
Cho`l burguti (qoraqush, g`ajir)
Tawny
(Steppe) Eagle
Aguila
rapax Temminck, 1828
ssp.
otiantalis Cabanis, 1854 (1)
ssp.
nipalensis Hodgson, 1833 (2)
|
|
Maqomi. 3;
Afro-janubiy Yevroosiyo turining zaifga yaqin, ko`chmanchi g`arbiy (1) va
sharqiy (2) kenja turlari.
Tarqalishi. Usturt
yassi tekisligi (1: uyalash, uchib o`tish, ko`chish), tekisliklar va past
tog`li hududlar (1: ko`chish, 2: uchib o`tish, qishlash). O`zbekistondan
tashqarida: Markaziy Qozog`iston, Rossiyaning
janubiy Yevropa qismi (1: uyalash), Sharqiy Qozog`iston va G`arbiy Sibir
janubi, Xitoy, Mo`g`uliston (2: uyalash); O`rta Osiyo (uchib o`tish, qishlash).
Sharqiy Afrika, G`arbiy va Janubi-sharqiy Osiyo, Hindiston (qishlash). Afrika,
Eron, Pokiston, Hindistonda - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari. Tekisliklar
va past tog`li hududlar.
Soni. 1948 y. bir necha
donasi uyalagani qayd etilgan. Yakka holda va guruh (2-3) bo`lib, ba'zan bir
kunda bir necha yuztasi uchib o`tadi. Bir necha o`ntachasi ko`chib yuradi,
sanoqlisi nomuntazam qishlaydi.
Yashash tarzi. Bahorgi
uchib o`tishi - mart-aprelda, yoshlari aprel-mayda ko`chib yuradi. Aprelda
yerga 1-3 ta tuxum qo`yadi va 45 kun bosib yotadi. Poloponlari iyuldan ucha
boshlaydi. Kuzgi uchib o`tishi - oktabr-noyabrda. Dekabrdan fevralgacha qishlaydi.
Kemiruvchilar, o`laksalar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Qo`riq
yerlarning o`zlashtirilishi. Ko`pi elektr uzatish tazmalarida nobud bo`ladi.
Ko`paytirish. Dunyoning
ko`plab hayvonot bog`larida ko`paytiriladi.
Muhofaza choralari. Ovlash
taqiqlangan. SITES-ning II-Ilovasiga
kiritilgan.
|
|
|
|
|
38.
|
Kuyka
(cho`l miqqiysi)
Lesser
Kestrel
Faico naumaimi Fleischer, 1818
|
|
Maqomi. 3: Zaifga yaqin, ko`chmanchi
janubiy Palearktika turi. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan.
Tarqalishi.
G`arbiy Tyonshon,
G`arbiy Pomir-Oloy, Qizilqumning qoldiq tog`lari, Amudaryoning quyi qismi,
Zarafshon vohasi (uyalash); barcha hududlardan uchib o`tadi. O`zbekistondan
tashqarida: Janubiy Yevropa. Shimoliy Afrika, G`arbiy Osiyo shimoli, O`rta
Osiyo. Qozog`iston, Janubiy Sibir, Mug`uliston (uyalash), O`rta va Janubiy
Afrika, G`arbiy Osiyo janubi. Hindiston (qishlash).
Yashash
joylari. Tekisliklar
va tog`oldi hududlari.
Soni. 1970-yillargacha uyalashi va
uchib o`tishi odatiy edi. 1970-1980 y.- janubiy hududlarda 50-300, shimoliy
hududlarda- sanog`i jufti uyalagan; jami, taxminan, 500 tacha uyalovchi jufti
bo`lgan. Hozirda soni asta-sekin kamayib bormoqda.
Yashash tarzi. Bahorgi uchib o`tishi —
mart-aprelda. Jarliklar va qiyalarning o`yiqlarida koloniyalar tashkil qilib
inlaydi; aprel-mayda 3-5 ta tuxum qo`yadi va 28 kun bosib yotadi; poloponlari
iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o`tishi — avgust-oktabrda. Hasharotlar
bilan oziqlanadi.
Cheklovchi
omillar. Hududlarning xo`jalik maqsadida o`zlashtirilishi tufayli yashash joylarining vayron
qilinishi.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza
choralari. Ovlash
taqiqlangan. Tog` qo`riqxonalari va milliy bog`larda muhofaza ostiga olingan.
SITESning ilovasiga kiritilgan.
|
|
|
|
|
39.
|
Itolg`i
Saker
Falcon
Falco
cherrug J.E. Gray,
1834
ssp.
coatsi Dementiev, 1945 (1)
ssp.
cherrug J.E. Gray, 1834 (2)
ssp.
milvipes Jerdon, 1871 (3)
|
|
Maqomi. 3:
Palearktika turining zaifga yaqin uyalovchi Turkiston (1), hamda ko`chmanchi va
qishlovchi (2,3) shimoliy kenja turlari.
Tarqalishi. Tekisliklar
va past tog`li hududlar (1 - uyalash, ko`chish; 2 - uchib o`tish, qishlash).
Uzbekistondan tashqarida: O`rta Osiyo, Qozog`iston janubi, Eron, Xitoy
(Sinjon), Afg`oniston (1 - uyalash, ko`chish); Rossiyaning osiyo qismi janubi,
Qozog`iston shimoli (2 - uyalash), G`arbiy va O`rta Osiyo, Hindiston (2 -
qishlash). Yevropa, Markaziy Osiyo (uyalash); Shimoliy Afrika, Hindiston,
Sharqiy Xitoyda (qishlash) - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari. Soz
tuproqli jarliklar, past va qoldiq tog`lar qoyatoshlari (uyalash).
Soni. 1990-yillardan lokal
joylarida kamayib bormoqda. Taxminan 120-150 jufti uyalaydi, 500-700 tasi
ko`chib yuradi, janubiy hududlarda 100-150 tasi, qolgan hududlarda sanoqlisi
qishlaydi.
Yashash tarzi. Qoyalar,
jarliklar, elektr uzatish liniyalari ustunlarida in quradi; fevral-martda 3-5
ta tuxum qo`yadi va 28 kun bosib yotadi; poloponlari may-iyun oylarida ucha
boshlaydi. Kuzda va rishda keng ko`lamda ko`chib yuradi. Kuzgi uchib o`tishi -
sentabr-noyabrda, dekabrdan fevralgacha qishlaydi. Bahorgi uchib o`tishi -
martda. Kemiruvchilar, qushlar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Kemiruvchilar
sonining o`zgarib turishi, noqonuniy ovlash, inlarining buzib tashlanishi.
Elektr uzatish tizmalarida ko`pi nobud bo`ladi.
Ko`paytirish. O`zbekiston,
Yevropa, Amerika parvarishxonalarida ko`paytiriladi.
Muhofaza choralari. Ovlash
taqiqlangan. Qo`riqxonalar va milliy bog`larda muhofaza ostiga olingan.
SITESning II-Ilovasiga
kiritilgan.
|

© Web-design
Burnashev R.F., 2005
|